- Zoologiya fani va uning predmeti. Zoologiya fanining bo‘limlari. Zoologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
- Zoologiya fanining rivojlanish tarixi. Zoologiya fanining rivojlanishida Vatanimiz olimlarining qo‘shgan hissasi.
- Hayvonot olamining xilma-xilligi va uning sayyoramizda tarqalishi.
- Hayvonot olamining sistemasi. Nomenklatura qoidalari.
- Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish.
- Hujayra tuzilishi. To‘qimalar.
- Hayvonlar organizmining tuzilishi.
- Hayvonlar tana simmetriyasi.
- Hayvonlar hayotining asosiy xususiyatlari.
- Hayvonlarning ko‘payishi va rivojlanishi.
- Hayvonlarning yashash muhiti. Yashash muhiti to‘g‘risida tushuncha. Ekologik omillar.
- Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar (Protozoa) kenja dunyosi.
- Sodda hayvonlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati.
- Sarkomastigoforalar, ya’ni soxtaoyoq xivchinlilar (Sarcomastigophora) tipi.
- Xivchinlilar (Mastigophora) kenja tipi. Phytomastigophora va Zoomastigophora sinflari.
- Sarkodalilar (Sarcodina) kenja tipi.
- Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) cinfi. Amyobalar (Amoebina) turkumi.
- Apikomplekslar (Apicomplexa) tipi.
- Sporalilar (Sporozoa) sinfi. Gregarinalar (Gregarinida) turkumi.
- Koksidiyalar (Coccidia) turkumi. Malyariya va unga qarshi kurash
- Qon sporalilari (Haemosporidia) turkumi.
- Piroplazma (Piroplasmida) turkumi.
- Miksosporidiyalar (Myxosporidia) tipi.
- Mikrosporidiyalar (Microsporidia) tipi.
- Assetosporidiyalar (Ascetospora) tipi. Labirintulalar (Labyrinthomorpha) tipi.
- Infuzoriyalar (Ciliophora) tipi. Klassifikatsiyasi.
- Parazit infuzoriyalar.Tuzilishi va ko‘payishi.
- Sodda hayvonlarning kelib chiqishi, filogeniyasi va ekologik radiatsiyasi.
- Sodda hayvonlarning tabiatda va odam hayotidagi ahamiyati.
- Ko‘p hujayralilar kenja dunyosi (Metazoa). Ko‘phujayralilarning kelib chiqish muammolari.
- Fagositellasimonlar (Phagocytellozoa) bo‘limi. Plastinkasimonlar (Placozoa) tipi.
- Parazoylar (Parazoa) bo‘limi. Gʻovaktanlilar (Spongia, ya’ni Porifera) tipi.
- Haqiqiy ko‘p hujayralilar (Eumetazoa) kenja dunyosi. Bo‘shliqichlilar (Coelenterata) tipi. Tuzilishi, ko‘payishi. Bo‘shliqichlilarning biologik va amaliy ahamiyati.
- Gidrozoylar (Hydrozoa) sinfi. Gidroidlar (Hydroidea) kenja sinfi.
- Sifonoforalar (Siphonophora) kenja sinfi.
- Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) sinfi.
- Korall poliplar (Anthozoa) sinfi.
- Sakkiz nurlilar (Octocorallia) kenja sinfi. Olti nurlilar (Hexacorallia) kenja sinfi. Bo‘shliqichlimlar filogeniyasi.
- Taroqlilar (Ctenophora) tipi. Taroqlilar (Ctenophora) sinfi.
- Yassi chuvalchanglar (Plathelminthes) tipi. Tuzilishi, klassifikatsiyasi.
- Yassi chuvalchanglarning filogeniyasi va parazitizmning kelib chiqishi.
- Kiprikli chuvalchanglar yoki Planariya (Turbellaria) sinfi. Oq planariyaning tuzilishi va ko‘payishi.
- So‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfi. Tuzilishi, rivojlanishi va ahamiyati. Fasciola hepatica ning biologiyasi.
- Monogeniya (Monogenea) sinfi. Umumiy morfo-fiziologik xarakteristikasi.
- Lentasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi. Tashqi va ichki tuzilishi. Syestodalar – odam va hayvonlarning parazitlari va ularning patogen ahamiyati.
- Yassi chuvalchanglarning filogeniyasi va parazitizmning kelib chiqishi.
- Yumaloq (Nemathelminthes) chuvalchanglar tipi. Odam askaridasining tashqi va ichki tuzilishi va ko‘payishi.
- Nematodalar – odam, hayvonlar va o‘simliklarning parazitlari.
- Akantosefalalar (Acanthocephala) tipi. Tuzilishi, rivojlanishi va ahamiyati.
- Nemathelminthes tipining filogeniyasi va ekologik radiatsiyasi.
- Nemertinlar (Nemrtini) tipi. Tashqi va ichki tuzilishi.
- Halqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. Umumiy tavsifi, tashqi va ichki tuzilishi, ko‘payishi.
- Belbog‘sizlar (Aclitellata) kenja tipi. Ko‘ptuklilar (Polychaeta) sinfi. Tashqi va ichki tuzilishi. Rivojlanishi. Ekologiyasi. Amaliy ahamiyati.
- Belbog‘lilar (Clitellata) kenja tipi. Kamtuklilar (Oligochaeta) sinfi.
- Korall poliplar (Anthozoa) sinfi. Tuzilish va ko‘payishi. Tashqi va ichki tuzilishi. Rivojlanishi. Ekologiyasi. Amaliy ahamiyati.
- Zuluklar (Hirudinea) sinfi. Tashqi va ichki tuzilishi. Sistematikasi va ahamiyati.
- Halqali chuvalchanglarning filogeniyasi va ekologik radiatsiyasi.
- Mollyuskalar (Mollusca) tipi. Umumiy morfofiziologik xarakteristikasi. Sistematikasi. Amaliy ahamiyati.
- Mollyuskalar tipining filogeniyasi va ular ekologik radiatsiyasining yo‘llari.
- Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi. Umumiy morfofiziologik xarakteristikasi. Sistematikasi. Amaliy ahamiyati.
- Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata) kenja tipi. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi. Tashqi va ichki tuzilishi. Klassifikatsiyasi.
- Jabraoyoqli qisqichbaqasimonlar (Branchiapoda) kenja sinfi. Klassifikatsiyasi. Tashqi va ichki tuzilishi.
- Jag‘ oyoqlilar kenja (Maxillopoda) sinfi. Chig‘anoqoyoqli qisqichbaqasimonlar (Ostracoda) kenja sinfi.
- Yuksak qisqichbaqasimonlar (Malacostraca) kenja sinfi.Tashqi va ichki tuzilishi. Ahamiyati.
- Xeliseralilar (Chelicerata) kenja tipi. Umumiy tasnifi. Klassifikatsiyasi. Ahamiyati.
- Qilichdumlilar (Xiphosura) sinfi. Tashqi va ichki tuzilishi.
- O‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi. Umumiy tasnifi. Tashqi va ichki tuzilishi. Klassifikatsiyasi.
- Chayonlar (Scorpiones) turkumi. Soxta chayonlar (Pseudosporpiones) turkumi.
- Qiloyoqlilar (Pedipalpi) turkumi. Solpugalar, ya’ni falangalar (Solifugae) turkumi.
- Pichano‘rarlar (Opilliones) turkumi. O‘rgimchaklar (Aranei) turkumi.
- Akariform kanalar (Acariformes) turkumi.
- Parazitoform kanalar (Parasitiformes) turkumi.
- Xeliseralilar filogeniyasi va ekologik radiatsiyasi.
- Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi. Ko‘poyoqlilar (Myriapoda) sinfi. Klassifikatsiyasi. Amaliy ahamiyati.
- Hasharotlar (Insecta) sinfi. Hashoratlar boshining tuzilishi. Ko‘krak bo‘limi. Hasharotlarning qanotlari. Qorin bo‘limi.
- Hasharotlarning tana qoplag‘ichlari. Muskullari.
- Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi, Nafas olish sistemasi.
- Hasharotlarning qon aylanish, ayirish va nerv sistemalari.
- Hasharotlarning sezgi organlari. Jinsiy sistemasi.
- Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi. Embrional rivojlanish. Postembrional rivojlanish.
- Hasharotlar hayotida mavsumiylik. Metamorfozning kelib chiqishi.
- Hasharotlar hayotining asosiy xususiyatlari.
- Hasharotlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati.
- Kunliklar (Ephemeroptera) turkumi. Bahorilar (Plecoptera) turkumi. Ninachilar (Odonata) turkumi.
- To‘g‘riqanotlilar (Orthoptera) turkumi. Suvaraklar (Blattoidea) turkumi. Chala qattiq qanotlilar, ya’ni qandalalar (Hemiptera) turkumi.
- Beshiktebratarlar (Mantoidea) turkumi. Tengqanotlilar (Homoptera) turkumi. Bitlar (Anoplura) turkumi.
- Termitlar (Isoptera) turkumi: jamoa hosil qilib yashashi, ulardagi keskin polimorfizm, jamoadagi faza va tabaqalarda ularning funksiyalari. Fanda ma’lum bo‘lgan termit turlari soni. O‘zbekistonda uchraydigan turlar va ularning tarqalishi.
- To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar (Metabolia) turkumlari.
- Bo‘g‘imoyoqlilarning kelib chiqishi va filogeniyasi.
- Onixoforalar (Onychophora) tipi. Birlamchi traxeyalilar (Protracheata) sinfi.
- Paypaslagichlilar (Tentaculata) tipi. Mshankalar (Bryozoa) sinfi. Yelkaoyoqlilar (Brachiopoda) sinfi. Foronidlar (Phoronidea) sinfi.
- Ignaterililar (Echinodermata) tipi. Umumiy tasnifi. Tashqi va ichki tuzilishi.
- Chalaxordalilar (Hemichordata) tipi. Ichak bilan nafas oluvchilar (Enteropneusta) sinfi. Qanotjabralilar (Pterobranchia) sinfi.
- Pogonoforalar (Pogonophora) tipi. Qiljag‘lilar (Chaetognatha) tipii. Umumiy tasnifi. Tashqi va ichki tuzilishi.
- Xordalilar (Chordata) tipining umumiy tavsifi. Xordalilarning bir-biriga o‘xshash belgilari.
- Bosh suyaksizlar (Acrania) kenja tipi. Umumiy tavsifi. Tashqi vav ichki tuzilishi. Sistematikasi.
- Lichinka xordalilar (Urochorolata) ya’ni qobiqlilar (Tunicata) kenja tipi. Umumiy tavsifi. Assidiyalar (Ascidiae) sinfi. Tashqi va ichki tuzilishlari. Rivojlanishi.
- Umurtqalilar (Vertebrata), ya’ni bosh suyaklilar (Craniata) kenja tipi. Umumiy tavsifi. Tashqi va ichki tuzilishi. Klassifikatsiyasi.
- Jag‘sizlar (Agnatha) katta sinfi haqida ma’lumot. To‘garak og‘izlilar (Cyclostomata) sinfi. Umumiy tavsifi. Tashqi va ichki tuzilishi. To‘garakog‘izlilarining sistematikasi va ekologiyasi.
- Baliqlar (Pisces) katta sinfi haqida umumiy ma’lumot. Tashqi va ichki tuzilishi. O‘zbekistonda mavjud baliq turlari. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan baliq turlari.
- Tog‘ayli baliqlar (Chondrichthyes) sinfi. Umumiy tasnifi. Tashqi va ichki tuzilishi. Akulalar (Selachoidea) va skatlar (Batoidea) turkumlari.
- Suyakli baliqlar (Osteichthyes) sinfi. Umumiy tasnifi. Tashqi va ichki tuzilishi. Klassifikatsiyasi va xilma – xilligi.
- Baliqlar ekologiyasi. Baliqlarning xo‘jalikdagi ahamiyati.
- Tuban bosh skletlilar filogeniyasi.
- Suvda hamda quruqlikda yashovchilar (Amphibia) sinfi. Umumiy tasnifi. Tashqi va ichki tuzilishi. Sistematikasi.
- Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko‘payishi va rivojlanishi va xilma – xilligi.
- Suvda ham quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi. Ekologiyasi. Xo‘jalik ahamiyati.
- Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi. Umumiy tasnifi. Tashqi va ichki tuzilishi.
- Hozirgi sudralib yuruvchilarning sistematik guruhlari.
- Sudralib yuruvchilarning ko‘payishi, rivojlanishi.
- Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi va evolyusiyasi.
- Sudralib yuruvchilar ekologiyasi va iqtisodiy ahamiyati.
- Sudralib yuruvchilarning xilma – xilligi va ahamiyati.
- Qushlar (Aves) sinfi. Umumiy tasnifi. Qushlarning tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari.
- Qushlarning ichki tuzilishi. Qushlarning ko‘payishi va rivojlanishi.
- Qushlar xilma – xilligi va sistematikasi (yuqori taksonlar misolida).
- Qushlarning kelib chiqishi
- Qushlar ekologiyasi. Qushlarning amaliy ahamiyati.
- Sut emizuvchilar (Mammalia) sinfi. Umumiy tasnifi. Tashqi va ichki tuzilishi.
- Sut emizuvchilarning ovqat hazm qilish sistemasining tuzilishi. Tish formulasi.
- Sut emizuvchilarning sistematik guruhi.
- Sut emizuvchilarning tabiatda va inson faoliyatidagi ahamiyati. Chorva mollari.
- Sut emizuvchilarning ko‘payishi va rivojlanishi.
- Sut emizuvchilar kelib chiqishi va evolyusiyasi.
- Sut emizuvchilar ekologiyasi.
- 126.Sut emizuvchilarning amaliy ahamiyati.
Imtihon savollari Zoologiya instituti Ilmiy kengashining 2025-yil 29-oktyabrdagi 18-son majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.

