O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan «Malakaviy imtihonlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ning 8-bandiga muvofiq Zoologiya institutida 2024 yil fevral oylarida 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon uchun sessiya e’lon qilinadi. Malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlardan 2024 yil 1 fevraldan 16 fevralgacha xujjatlar qabul qilinadi.
Imtihon topshirish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
Ariza (institut direktori nomiga);
Diplom nusxasi (ilovasi bilan, barcha diplom nusxalari);
Tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4-shakl bo‘yicha);
“OAK byulleteni”da mavzu e’lon qilinganligining nusxasi;
Pasport nusxasi;
Spravka-obyektivka (3.5-shakl).
Talabgorlar Institut Ilmiy kotibiga murojaat qilishlari mumkin.
Tel.: 71 289-10-62.
INSTITUT MA’MURIYATI

