E’lon
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan «Malakaviy imtihonlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ning 8-bandiga muvofiq Zoologiya institutida 2024 yil may oyida 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon uchun sessiya e’lon qilinadi. Malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlardan 2024 yil 1 apreldan 30 aprelgacha hujjatlar qabul qilinadi.
Imtihon topshirish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
- Ariza (institut direktori nomiga);
- Magistr diplomi nusxasi (ilovasi bilan);
- Tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4-shakl bo‘yicha);
- “OAK byulleteni”da mavzu e’lon qilinganligining nusxasi;
- Pasport nusxasi;
- Spravka-obyektivka (3.5-shakl).
Talabgorlar Institut Ilmiy kotibiga murojaat qilishlari mumkin.
Tel.: 71 289-10-62.

