Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-oktabrdagi PQ–358-son qaroriga muvofiq sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda yoshlar orasida sun’iy intellekt texnologiyalarini ommalashtirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan aistudy.uz sun’iy intellekt sohasida ta’lim dasturlari platformasi ishlab chiqildi.

aistudy.uz asosiy vazifasi – Sun’iy Intellekt va tezkor ishlab chiqishni har bir inson uchun ochiq qilish, ularni SI bilan samarali ishlash ko’nikmalari bilan qurollantirish va SI salohiyatini to’liq ochishga yordam berish.

Loyihaning asosiy maqsadlari – yangi g’oyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlaydigan ijodiy muhit yaratish orqali talabalarni tadqiqot, muammolarga yechim topish va texnologik yutuqlarga undagan holda O’zbekistonni raqamli texnologiyalar markaziga aylantirish.

  • Raqamli va sun’iy intellekt savodxonligini oshirish
  • Amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish
  • Barqaror o’quv va SI ekotizimini shakllantirish


Platforma kimlar uchun mo‘ljallangan?

Platforma quyidagi guruhlar uchun mo‘ljallangan: yuqori sinf o‘quvchilari, talabalar, yangi boshlayotgan va faol mutaxassislar, davlat xizmatchilari, tadbirkorlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘z sohasida qo‘llamoqchi bo‘lgan har bir kishi.

Yosh bo‘yicha cheklovlar bormi?

Platformada har xil yosh va kasb guruhlari uchun moslashtirilgan asosiy va maxsus modullar mavjud. Ro‘yxatdan o‘tish barcha uchun ochiq, yosh chegarasi esa yo‘q.

Platformada qanday yo‘nalishlar mavjud?

Platformada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha puxta tuzilgan o‘quv modullari taqdim etilgan: “Sun’iy intellekt asoslari”, “Generativ texnologiyalar va SI-modellar bilan ishlash”, “Prompt-muhandislik”, “SI’dan foydalanishda axloq va xavfsizlik”. “SI’ning ta’lim, biznes, sog‘liqni saqlash va davlat boshqaruvidagi qo‘llanilishi”, “Raqamli savodxonlik va ma’lumotlarni tahlil qilish asoslari”, “Dolzarb AI amaliyotlari va qo’llanishdagi jahon tajribasi”.

Platforma blan to’liq tanishish va undan foydalanish uchun quyidagi havolaga o`ting : https://aistudy.uz/