O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan «Malakaviy imtihonlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ning 8-bandiga muvofiq Zoologiya institutida 2026 yil may oyida 03.00.06 – zoologiya ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon uchun sessiya e’lon qilinadi. Malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlardan 2026 yil 1 apreldan 30 aprelgacha hujjatlar qabul qilinadi.

Imtihon topshirish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

  1. Ariza (institut direktori nomiga);
  2. Magistr diplomi nusxasi (ilovasi bilan);
  3. Tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4-shakl bo‘yicha);
  4. “OAK byulleteni” da mavzu e’lon qilinganligining nusxasi;
  5. Pasport nusxasi;
  6. Ob’ektiv-ma’lumotnoma (3.5-shakl).

Talabgorlar Institut Ilmiy kotibiga murojaat qilishlari mumkin. Tel.: 71 289-10-62.

INSTITUT ILMIY KOTIBI