Hurmatli hamkasblar! Sizni 2026-yil 14-may kuni taniqli zoolog-ekolog olim, akademik Tesha Zohidovich Zohidovning 120 yillik xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “O‘zbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi VIII respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz.
Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad – Zoologiya fanining dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollarini, hayvonot dunyosini saqlash va barqaror foydalanish, uni muhofaza etish va monitoring qilish asoslarini muhokama etish.
Konferensiya materiallari elektron (PDF formatida) va to‘plam ko‘rinishida tayyorlanib, nashr etiladi. To‘plamga maqolalar o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi. Topshirilgan maqolalar ekspertlar tekshiruvidan so‘ng chop etishga tavsiya qilinadi.
Anjuman yoʻnalishlari
- Umurtqasiz hayvonlar faunasi, zamonaviy holati va ekologiyasi;
- Parazitizmning biologik asoslari;
- Biozararlanishning dolzarb muammolari;
- Ixtiologiya va gidrobiologiyaning dolzarb muammolari;
- Umurtqali hayvonlar faunasi, zamonaviy holati, ularning resurslaridan oqilona foydalanish masalalari;
- O‘zbekistondagi kamyob, muhofazaga olingan hayvonlar va ularni masalalari.
Anjuman tashkiliy qo‘mitasi
Tashkiliy qo‘mita raisi: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, b.f.d., prof.
Tashkiliy qo‘mita raisi muovini: Mirzayev Ulug‘bek To‘rayevich, b.f.n.
Tashkiliy qo‘mita a’zolari:
- Azimov Jaloliddin Azimovich, akademik, b.f.d., prof.;
- Azimov Nodirjon Nurullayevich, PhD, katta ilmiy xodim;
- Axmedova Zuxra Yuldashevna, b.f.n., katta ilmiy xodim;
- Bikova Yelena Aleksandrovna, b.f.n., katta ilmiy xodim;
- Mirzayeva Gulnora Saidarifovna, b.f.d., prof.;
- Shakarboyev Erkinjon Berdiqulovich, b.f.d., prof.;
- Gritsina Mariya Alekseevna, katta ilmiy xodim;
- Abduraupov Timur Valerevich, kichik ilmiy xodim;
- Yesipov Aleksandr Viktorovich, kichik ilmiy xodim.
Tashkiliy qo‘mita kotiblari:
- G‘aniyev Bunyod Nabi o‘g‘li, PhD, kichik ilmiy xodim;
- Nurmamatova Hulkar Abduraxmon qizi, tayanch-doktorant.
Anjumanda ishtirok etish uchun “Ishtirok etish uchun shakl” va chop etish uchun anjuman materiallarini 1 va 2 – ilovalarga muvofiq rasmiylashtirgan holda (maqola – 5 betgacha) 2026-yil 1-aprelga qadar (shu kuni ham) tashkiliy qo‘mitaning elektron manziliga conference@izoology.uz yoki quyidagi telegram manziliga @bunyodganiyev (+99891 166 52 35) yuborishingiz lozim.
Konferensiyaga taqdim etilgan materiallarning yangilik darajasi, ilgari chop etilmaganligi uchun mualliflar javobgardir. Tashkiliy qo‘mita maqolalarni tahrir qilish huquqiga ega, konferensiyaning ilmiy yo‘nalishiga mos bo‘lmagan, rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan va belgilangan muddatdan kech yuborilgan maqolalarni qabul qilmaydi.
Konferensiya ishtirokchilari (har bir maqola) uchun 150 000 so‘m, yosh olimlar uchun (35 yoshdan katta bo‘lmagan) 100 000 so‘m, magistrlar va tayanch-doktorantlar uchun to‘lov badali 50 000 so‘m (faqat monomualliflik holatida inobatga olinadi) maqola to‘plamga kiritilganligi to‘g‘risida xabar olinganidan keyin to‘lanadi.
Anjumanda ishtirok etish uchun taqdim etilgan materiallar tashkiliy qo‘mita tomonidan chop etishga tasdiqlangandan so‘ng (muallifning ro‘yxatdan o‘tish jarayonida kiritgan elektron pochta manzili yoki telefon raqamiga xabar yuboriladi), to‘lov badali yuzasidan ilmiy anjuman kotibiga murojaat etishingiz so‘raladi.
Murojaat uchun: tel.: (+99871) 2890465; (+99891) 1665235.
Elektron manzil: conference@izoology.uz
Havola: https://izoology.uz/uz/conference-2026/
Telegram manzil: (+99891) 1665235
