Hurmatli hamkasblar! Sizni 2025-yil 19-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida faoliyat olib borgan, taniqli zoolog olim, biologiya fanlari doktori, professor Oleg Pavlovich Bogdanovning 100 yillik xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “O‘zbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi VII respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz.

Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad – Zoologiya fanining dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollarini, hayvonot dunyosini saqlash va barqaror foydalanish, uni muhofaza etish va monitoring qilish asoslarini muhokama etish.

Konferensiya materiallari elektron (PDF formatida) va to‘plam ko‘rinishida tayyorlanib, nashr etilishi rejalashtirilmoqda. To‘plamga maqolalar o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi. Topshirilgan maqolalar ekspertlar tekshiruvidan so‘ng chop etishga tavsiya qilinadi.

Anjuman yoʻnalishlari

  1. Umurtqasiz hayvonlar faunasi, zamonaviy holati va ekologiyasi
  2. Parazitizmning biologik asoslari;
  3. Biozararlanishning dolzarb muammolari;
  4. Ixtiologiya va gidrobiologiyaning dolzarb muammolari;
  5. Umurtqali hayvonlar faunasi, zamonaviy holati, ularning resurslaridan oqilona foydalanish masalalari;
  6. O‘zbekistondagi kamyob, muhofazaga olingan hayvonlar va ularni saqlash masalalari.

Anjuman tashkiliy qo‘mitasi

Tashkiliy qo‘mita raisi: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, b.f.d., prof.

Tashkiliy qo‘mita raisi muovini: Mirzayev Ulug‘bek To‘rayevich, b.f.n.

Tashkiliy qo‘mita a’zolari:

  • Azimov Djaloliddin Azimovich, akademik, b.f.d., prof.;
  • Azimov Nodirjon Nurilloyevich, b.f.f.d., katta ilmiy xodim;
  • Bikova Yelena Aleksandrovna, b.f.n., katta ilmiy xodim;
  • Kashkarov Roman Daniilovich, b.f.n., katta ilmiy xodim;
  • Kuchboyev Abduraxim Ergashevich, b.f.d., prof.;
  • Mirzayeva Gulnora Saidarifovna, b.f.d., prof.;
  • Mitropolskaya Yuliya Olegovna, b.f.n., katta ilmiy xodim;
  • Sobirov Jobir Jamolovich, b.f.f.d., katta ilmiy xodim;
  • Shakarboyev Erkinjon Berdikulovich, b.f.d., prof.

Tashkiliy qo‘mita kotiblari:

  • G‘aniyev Bunyod Nabi o‘g‘li, b.f.f.d., kichik ilmiy xodim;
  • Umarov Sanjarbek Sidiqovich, tayanch-doktorant.

Anjumanda ishtirok etish uchun “Ishtirok etish uchun shakl”ni tashkiliy qo‘mita elektron manziliga conference@izoology.uz yuborishingizni yoki Zoologiya institutining saytiga ushbu havola https://izoology.uz/uz/conference-2025/ orqali 2025 yil 31 maygacha (shu kuni ham) ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz;

2025 yil 31 iyulga qadar chop etish uchun anjuman materiallarini 2- ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan holda (maqola – 4 betgacha) yuborishingiz lozim.

Konferensiyaga taqdim etilgan materiallarning yangilik darajasi, ilgari chop etilmaganligi uchun mualliflar javobgardir. Tashkiliy qo‘mita maqolalarni tahrir qilish huquqiga ega, konferensiyaning ilmiy yo‘nalishiga mos bo‘lmagan, rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan va belgilangan muddatdan kech yuborilgan maqolalarni qabul qilmaydi.

Konferensiya ishtirokchilari (har bir maqola) uchun 150 000 so‘m, yosh olimlar uchun (35 yoshdan katta bo‘lmagan) 100 000 so‘m, magistrlar va tayanch-doktorantlar uchun to‘lov badali 50 000 so‘m (faqat monomualliflik holatida inobatga olinadi) maqola to‘plamga kiritilganligi to‘g‘risida xabar olinganidan keyin to‘lanadi.

Anjumanda ishtirok etish uchun taqdim etilgan materiallar tashkiliy qo‘mita tomonidan chop etishga tasdiqlangandan so‘ng (muallifning ro‘yxatdan o‘tish jarayonida kiritgan elektron pochta manzili yoki telefon raqamiga xabar yuboriladi), to‘lov badali yuzasidan ilmiy anjuman kotibiga murojaat etishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun: tel.: (+99871) 2890465; (+99891) 166 52 35.

Elektron manzil: conference@izoology.uz

Havola: https://izoology.uz/uz/conference-2025/

Telegram manzil: (+99891) 166 52 35