Susarlar oilasiga mansub kichik yirtqich hayvon, tashqi ko‘rinishi yorqin ola tusda bo‘lib, tanasida sariq-jigarrang dog‘lar hamda tumshug‘ida oq-qora «niqob»ga ega.
Maqomi va muhofazasi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga zaif, kamayib borayotgan tur sifatida kiritilgan, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatida ham xuddi shunday maqomga ega. Ov qilish va tabiatdan ajratib olish ta’qiqlangan — bu hayvonni ovlaganlik uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravariga teng jarima belgilangan.
Yashash joylari. Cho‘l va chala cho‘llar, tog‘ etaklari va tog‘ dashtlari, daryo va ko‘l qirg‘oqlari, ba’zan aholi yashash joylarining chekkalarida ham uchraydi.
Ekologiyasi va yashash tarzi. Hayvonning asosiy yashash joylari kemiruvchilar, qizil dumlilar va katta qumsichqonlar, shuningdek yumronqoziqlar yashaydigan hududlar bo‘lib, olaqo‘zan ularning inlaridan boshpana sifatida foydalanadi va ushbu kemiruvchilar ular uchun asosiy ozuqa manbai hisoblanadi.
Tahdidlar. Ozuqa manbalarining kamayishi va yashash joylarining yo‘q bo‘lib ketishi natijasida soni kamayib bormoqda. Avtomobil yo‘llari (hayvonlar harakatlanayotganda g‘ildiraklar ostiga tushib qoladi) va odamlar tomonidan bevosita ta’qib qilinishi ham olaquzan nobud bo‘lishinnig asosiy sabablaridan biri.
Foydali jihatlari va ahamiyati. Bu yirtqich — tabiiy «sanitar» hisoblanib, kemiruvchilarni ovlash orqali ularning sonini tartibga soladi. Bu esa qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosilini saqlab qolish va kemiruvchilar tomonidan vujudga keladigan tabiiy o‘choqli infeksion kasalliklarning tarqalish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Muallif: Mariya Gritsina
Suratlar: John Burnside, Natalya Marmazinskaya, Mariya Gritsina, Timur Abduraupov



