E’lon

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan «Malakaviy imtihonlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ning 8-bandiga muvofiq Zoologiya institutida 2024 yil may oyida 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon uchun sessiya e’lon qilinadi. Malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlardan 2024 yil 1 apreldan 30 aprelgacha hujjatlar qabul qilinadi.

Imtihon topshirish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

  • Ariza (institut direktori nomiga);
  • Magistr diplomi nusxasi (ilovasi bilan);
  • Tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4-shakl bo‘yicha);
  • “OAK byulleteni”da mavzu e’lon qilinganligining nusxasi;
  • Pasport nusxasi;
  • Spravka-obyektivka (3.5-shakl).

Talabgorlar Institut Ilmiy kotibiga murojaat qilishlari mumkin.

Tel.: 71 289-10-62.