Susarlar oilasiga mansub yirtqich hayvon — sariq sassiqqo‘zan olaqo‘zanga nisbatan yirikroq bo‘ladi. Erkaklarining tana uzunligi 50–56 sm gacha (urg‘ochilari kichikroq), og‘irligi 2 kg gacha  o‘ladi. Tanasi och sariq-kulrang tusdagi jun bilan qoplangan, yuzida to‘q rangli «niqobi» bor, oyoqlari qoramtir rangda.

Maqomi va muhofazasi. Zaif, kamayib borayotgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Ov qilish va tabiatdan ajratib olish ta’qiqlangan — bu hayvonni ovlaganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash  miqdorining 200 baravariga teng jarima belgilan gan.

Yashash joylari. O‘zlashtirilmagan joylarni afzal ko‘radi, gilli cho‘llar, adirlarda uchraydi. Qishloqlarning chekka joylarida ham uchrashi  mumkin, agar yumronqoziqlar bor bo‘lsa. Qumli cho‘l hududlarda kamroq uchraydi.

Ekologiyasi va yashash tarzi. Yashash uchun deyarli har doim sariq yumronqoziqlar yashaydigan hududlarni  afzal ko‘radi, kamroq hollarda — katta yoki qizil dumli qumsichqonlar koloniyalari bor joylarni. Sariq sassiqqo‘zan kemiruvchilarning inlaridan boshpana va bolalash joylari sifatida foydalanadi.  Asosan tungi va g‘irashira qorong‘ilik paytlarda faol hayot kechiradi.

Tahdidlar. Yerlarning haydalishi va o‘zlashtirilishi, o‘simliklarning yo‘q qilinishi va inlarning vayron qilinishi. Yumronqoziqlar  sonining qisqarishi (jumladan, kemiruvchilarni zaharlash tufayli) hayvonning ozuqa bazasini kamaytiradi. Ko‘p hollarda nobud bo‘lishining sababi — avtomobil yo‘llari  va odam tomonidan bevosita ta’qiblanishi.

Foydali jihatlari va ahamiyati. Kemiruvchilar sonining tabiiy regulyatori sanaladi. Ekinlarga kemiruvchilar zararini kamaytirishga yordam beradi,  kemiruvchilar va burgalar bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarlarning tarqalish xavfini kamaytiradi.

Screenshot_3 Screenshot_4

 

 

 

 

 

 

Muallif: Mariya Gritsina
Suratlar: John Burnside, Natalya Marmazinskaya, Mariya Gritsina, Timur Abduraupov