Untitled-1 [Recovered]

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor –tadqiqotchilik institutiga 2027-yil uchun quyidagi ilmiy yo‘nalish bo‘yicha

OʻzR FA Zoologiya instituti 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi boʻyicha doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajyor tadqiqotchilikka qabul eʼlon qiladi. Talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha amalga oshiriladi.

Maqsadli doktorantura Doktorantura Stajyor tadqiqotchilik
DSc 0 DSc 1 2
PhD 0 PhD 3

Talabgorlarga qoʻyiladigan talablar:

Stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchi shaxslar magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha 1997-yilgacha) toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishi lozim.

Tayanch doktoranturaga (PhD) quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:

  • magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;
  • Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar.
  • Xorijiy tildan B2 ga teng boʻlgan sertifikatga ega boʻlishlari shart, aks holda xujjatlari qabul qilinmaydi.

Doktoranturaga (Dsc) quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish.
  • Xorijiy tildan B2 ga teng boʻlgan sertifikatga ega boʻlishlari shart, aks holda xujjatlari qabul qilinmaydi.

Talab etiladigan xujjatlar PDF shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi

Institut maʼmuriyati va qabul komissiyasi.

Murojaat uchun telefon: (99871)289–04–65, (99871) 289–10–62