O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan «Malakaviy imtihonlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ning 8-bandiga muvofiq Zoologiya institutida 2026-yil noyabr-dekabr oylarida 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon uchun sessiya e’lon qilinadi. Malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlardan 2026-yil 2-oktabrdan 31-oktabrgacha hujjatlar qabul qilinadi.

Imtihon topshirish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

  1. Ariza (institut direktori nomiga);
  2. Magistr diplomi nusxasi (ilovasi bilan);
  3. Tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4-shakl bo‘yicha);
  4. “OAK byulleteni” da mavzu e’lon qilinganligining nusxasi;
  5. Pasport nusxasi;
  6. Ob’ektiv-ma’lumotnoma (3.5-shakl).

Talabgorlar Institut Ilmiy kotibiga murojaat qilishlari mumkin. Tel.: 71 289-10-62.

 INSTITUT ILMIY KOTIBI