«O‘zbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari» V-Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari [Matn] : to‘plam / O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti. – Toshkent: Bookmany print, 2023. – 312 b.
Ushbu to‘plam O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 2-maydagi 118-son buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlarda 2023-yilda oʻtkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxati 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan – 2023-yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida 2023-yil 16- noyabr kuni – «O‘zbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari» mavzusida o‘tkazilgan V Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari asosida tuzilgan.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti olimlari, Ilmiy markazlarning ilmiy xodimlari, oliy ta’lim muassasalari professor- o‘qituvchilari, doktorantlar, zoologiya sohasida faoliyat olib borayotgan qator olimlar va iqtidorli yosh tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot ishlariga bag‘ishlangan maqolalar o‘rin olgan.
To‘plamga kiritilgan maqolalar materiallarining to‘g‘riligi va haqqoniyligiga mualliflar mas’ul hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti Ilmiy kengashining 2023-yil 26-sentabrdagi 8-sonli majlisi qaroriga binoan nashrga tavsiya etilgan.

